G‘oliblar Osiyo chempionatiga boradi
Samarqandda sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Respublika birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 360 nafar sportchi 18 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurashdi.

Aytish joizki, mazkur chempionat samarqandlik polvonlar uchun omadli o‘tdi. Mezbonlar sakkiz oltin medalni qo‘lga kiritib, musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganliklarini isbotladi. Musobaqaning kumush va bronza medali sovrindorlari safida ham samarqandlik sambo ustalari ko‘pchilikni tashkil qildi.
– G‘oliblar may oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi, – deydi musobaqa bosh hakami O‘tkir Haydarov. – Shu bois har bir vaznda g‘oliblik uchun kurash qizg‘in kechdi. Albatta, mamlakat birinchiligida raqobatning kuchliligi munosib nomzodlarni saralashda qo‘l keladi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.