Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Shu munosabat bilan Xorazm viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida “Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish – yo‘l harakati ishtirokchilarining majburiyati”, “Favqulodda vaziyatlar tasnifi” mavzularida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Suhbatlar davomida xodimlarga yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha zarur bilim va tavsiyalar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA