47 yoshli sportchimizning jasorati
O‘zbek va jahon gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitina Dohada o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida shohsupaga ko‘tarildi.
47 yoshli sportchimiz musobaqaning tayanib sakrash dasturida 12.916 ball bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallar fransiyalik Kolin Devillar(13.800) hamda daniyalik Kamile Resmussen(13.333)ga nasib etdi.

Chusovitinaning ushbu natijasi va shu yoshda jahon gimnastikasida olamshumul natijalar qayd etayotgani mutaxassislar tomonidan jasorat timsoli sifatida talqin etilmoqda.
Jahon kubogining ikkinchi bosqich bahslari bugun yakunlanadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA