351 nafar namoyishchi qoʻlga olindi
Shanba kungi Fransiya boʻylab oʻtkazilgan norozilik namoyishlarida jami 351 nafar namoyishchi qoʻlga olindi, deya xabar beradi “BFMTV“ telekanali.
Shanba kungi Fransiya boʻylab oʻtkazilgan norozilik namoyishlarida jami 351 nafar namoyishchi qoʻlga olindi, deya xabar beradi “BFMTV“ telekanali.
Avvalroq, 15 dekabr kungi namoyishlar tinch oʻtayotgani va odamlar soni kamaygani aytilgandi.
Maʼlumot uchun, namoyishlarda oʻtgan haftaga qaraganda ikki baravar kam – 33 ming 500 kishi qatnashgan.