23 nafar bokschimiz final ostonasida ringga ko‘tariladi
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi.
Gap shundaki, bugun, 26 aprel kunidan boshlab chempionatda yarim final janglari boshlanadi. Unda kichik o‘smirlar toifasida 23 nafar, o‘smirlardan esa 19 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tariladi. Bugun bo‘lib o‘tadigan kichik o‘smirlar o‘rtasidagi yarim final bellashuvlarida quyidagi bokschilarimiz jang qiladi:

Juftliklar bilan tanishing:
-33 kg: Temurbek Baxtiyorov - Yash Bagavan (Hindiston)
-35 kg: Sarmat Shokarimov - Arslan Rejepov (Turkmaniston)
-37 kg: Muxriddin Hamidjonov - Harsil (Hindiston)
-43 kg: Zarifjon Ne’matov - Hardik Dahiya (Hindiston)
-46 kg: Oybek Alimjonov - Rudaksh Singh (Hindiston)
-52 kg: Elshod Shokirjonov - Siraj Aloviyesat (Iordaniya)
-35 kg: Ominaxon Nosirova - Anelya Ordabek (Qozog‘iston)
-37 kg: Sabinaxon Kamiljonova - Anna Kushnirenko (Ukraina)
-40 kg: Sug‘diyona Abduazimova - Tomiris Satibaldi (Qozog‘iston)
-43 kg: Rayhona Alimxanova - Luu Thi Ngoc (Vetnam)
-46 kg: Dildora To‘lqinova - Viktoria Amelchenko (Ukraina)
-49 kg: Parvina Shakarova - Linthoi Chanu (Hindiston)
-55 kg: Hasan Xolmurodov - Mohammadtaha Najafi (Eron)
-58 kg: Jahongirjon Usmanqulov - Danilo Liadski (Ukraina)
-61 kg: Hadyatulloh Saydullayev - Yaroslav Seneiko (Ukraina)
-67 kg: Meyrambek Aliyev - Ariyet Beishembekov (Qirg‘iziston)
-70 kg: Ezmir O‘ktamov - Georgi Moha (Ukraina)
+70 kg: Elshod Oblaqulov - Bogdan Zatuliviter (Ukraina)
-52 kg: Mohichehra Hamidova - Lama Alhusamiah (Iordaniya)
-55 kg: Madinabonu Xudoyorova - Samrudhi Satish (Hindiston)
-58 kg: Angelina Umarova - Vira Vasilenko (Ukraina)
-61 kg: Marjona Sultonova - Ailin Hojamberdiyeva (Qozog‘iston)
-67 kg: Fazilatxon Tursunova - Trushana Vinayak (Hindiston)
Ma’lumot o‘rnida: Osiyo chempionatining o‘smirlar ishtirokidagi yarim final bahslari ertaga, 27 aprel kuni start oladi.
Darvoqe, ushbu bosqichda mag‘lubiyatga uchragan bokschilar bronza medali bilan taqdirlanadi. G‘oliblar esa oltin medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA