21 iyun – Xalqaro yoga kuni
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Milliy bog‘ hududida Xalqaro yoga kuni munosabati bilan festival bo‘lib o‘tdi.
Yoga bilan shug‘ullanganda inson tanasi umumiy tarzda sog‘lomlashadi. Eng muhimi, jismoniy tayyorgarligidan qat’iy nazar, har qanday yoshda ham bu sport muolajalarini olib borish ziyon qilmaydi.
[gallery-12423]
Yoga orqali atrof-dunyo bilan uyg‘unlikni his qila olish mumkin, shuningdek, ruhiy zarba va salbiy kechinmalardan qutulish yo‘llari mavjud. Bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan qutulish, qomatni yaxshilash, organizmni tozalash, immunitetni oshirish, aqliy qobiliyatni yaxshilash - bular hammasi yoga bilan muntazam shug‘ullangan kishida mujassam bo‘ladi.
Yoga festivalida vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, professional hamda havaskor yogachilar, ommaviy sport targ‘ibotchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA