“1000KITOB” loyihasi: yoshlar uchun yangi xorijiy asarlar tarjima qilinadi
Yoshlar ishlari agentligining “1000KITOB” loyihasi hamda Yoshlar parlamenti hamkorligida yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ekspertlar, olimlar, tarjimonlar va san’at sohasi vakillari ishtirok etgan uchrashuvda asosan quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi.
Jumladan, loyihaning navbatdagi bosqichi uchun tavsiya etilgan 100 dan ortiq xorijiy kitoblar ro‘yxati ko‘rib chiqildi. Ular orasidan yoshlar uchun eng dolzarb, badiiy va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan dastlabki 10 ta asar chuqur tahlil qilindi.

Shuningdek, jahon badiiy adabiyoti bilan bir qatorda, kino san’ati va boshqa yo‘nalishlardagi asarlarni ham tarjima qilish bo‘yicha yangi takliflar o‘rtaga tashlandi.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, yoshlarimizning intellektual ehtiyojlariga mos keluvchi, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan asarlar bo‘yicha mualliflik huquqlarini qo‘lga kiritish hamda kitoblarni saralash mezonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.
G.Boboyeva, O‘zA