ʼʼG‘oyibning ikkinchi safariʼʼ
ʼʼYangi asr avlodiʼʼ nashriyotida taniqli adib Temur Po‘latovning ʼʼG‘oyibning ikkinchi safariʼʼ nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Yangi kitob
ʼʼYangi asr avlodiʼʼ nashriyotida taniqli adib Temur Po‘latovning ʼʼG‘oyibning ikkinchi safariʼʼ nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Unda yozuvchining qissa va hikoyalarini Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Erkin Nosirov va Vahob Ro‘zimuhammad tarjimalarida o‘qishingiz mumkin.
...Odam ba’zida yolg‘izlik istaydi. O‘zini taftish qilgisi, xayollari bilan xoli qolgisi keladi... Buning oti “vijdon bilan suhbat”dir balki, balki “o‘ylash uchun berilgan fursat”. Bunday paytda odam negadir o‘zining xatolari haqida ko‘proq o‘ylaydi. O‘ylashdan ma’ni asli shu...
Temur Po‘latov asarlarini o‘qigan kitobxon yolg‘izlik istaydi. Olmosday serqirra hayotga hamma rakursdan qarash mumkin, ammo biz mutolaa jarayonida o‘rnimizda qotib, so‘zsiz... bir nuqtaga termulamiz. Xayol otliq girdob bor xohish-istagimiz, orzu-maqsadimiz bilan qa’riga tortib ketadi... Alalxusus, hamma narsa – hayot haqiqatlarimiz yolg‘on ekanligiga amin bo‘lamiz.
Kitob mutolaasi har qanday o‘quvchini o‘ylashga majbur qiladi, o‘ylaganda ham uzoq o‘ylatadi... O‘ylashni o‘rganish uchun ham aynan bu kitobni o‘qish kerak.