English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zominda mahallalar o‘rtasida birinchi hamkorlik memorandumi imzolandi
10:29 / 2022-08-11

Mamlakatimizda birinchi bo‘lib Jizzax viloyatining Zomin tumani “Peshag‘or” hamda Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Zomin tumani “Peshag‘or” MFYga biriktirilgan hokim yordamchisi Bobur Umurzaqovning taklifiga binoan Yangi Namangan tumanidagi “Bunyodkor” MFY raisi Jobir Alixon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Zomin tumaniga yetib keldi.

Namanganliklar “Peshag‘or” mahallasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, qilinayotgan ishlar, hokim yordamchisi tomonidan aholini ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, tajriba almashdi.

[gallery-8260]

– Dehqonchilik uchun ajratilgan yerlar, qazib suv chiqarilgan tik quduqlar, tomchilab sug‘orish mexanizmi asosida barpo etilgan issiqxona va ekin maydonlari, mashhur Zomin cho‘ponlarining kasanachilik asosida ishlab chiqarish loyihalari bizda katta taassurot qoldirdi, – deydi Yangi Namangan tumani “Bunyodkor” MFY raisi Jobir Alixon. – Ko‘p narsalarni o‘rgandik, tajriba almashdik. Gulchilik borasida esa o‘z tajribamiz asosida zarur maslahatlar berdik. “Bunyodkor” MFY aholisi uchun shu yerda pansionat qurish rejamiz ham bor. Joriy yilning avgust oyi oxirlarida Zomin tog‘lari etagida ikki mahalla o‘rtasida do‘stlik festivali o‘tkazish niyatimiz bor.

Xizmat safari davomida mehmonlar Zomin tumanidagi “Xo‘jai Serob ota” ziyoratgohini ziyorat qildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA