Zamonaviy fransuz tilida sifat intensivligi darajasini ifodalash muammolari

Azamatbek Abduxalilovich NORMATOV doktorant Andijon davlat chet tillari instituti Andijon, O‘zbekiston azamatbek.normatov@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada hozirgi zamon fransuz tilida sifatning qiyosiy darajasi va sifatning intensivligi darajasining ifodalanishi muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, fransuz tili va boshqa tillarda hanuzgacha munozarali bo‘lgan qiyosiy darajalar kategoriyalari hamda belgi darajalarining chegaralari va mezonlari haqidagi masala haqida fikr bildiriladi.
Tayanch so‘zlar: sifat so‘z turkumi, intensivlik, qiyosiy daraja (komparativ), orttirma daraja (superlyativ), analitik shakllar.