English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarimiz "Laser Run-2023" xalqaro platformasida qayd etildi
11:30 / 2023-03-24

Poytaxtimizdagi «Ekopark»da Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab yugurish va lazerli to‘pponchadan otish dasturlarini o‘z ichiga olgan "Laser Run-2023" xalqaro musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 500 nafar yosh sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.  

Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabariga ko‘ra, barcha ishtirokchilarga tadbir yakunida sertifikatlar topshirildi va ularning natijasi "Laser Run-2023" xalqaro platformasiga joylashtirildi.  

Aytish joizki, bu kabi musobaqalarni tashkil etish hamda ishtirokchilarning natijalarini xalqaro platformaga joylashtirib borish huquqi Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi tomonidan taqdim etiladi.  

Joriy yil "Laser Run-2023" tizimidagi musobaqalarni O‘zbekistonda o‘tkazish uchun Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi tomonidan 3 ta kvota ajratilgan bo‘lib, ushbu qiziqarli sport tadbirlari Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida bo‘lib o‘tadi.  

Mazkur sport musobaqasi esa ushbu tasnifdagi ilk tadbir sanaladi.  

 

O‘zA