English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkor faoliyatidagi to‘siq bartaraf etildi
17:49 / 2023-05-15

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor mehmonxona faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun zarur mablag‘ ajratilmayotganidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, “Sanjarbek oziq-ovqat markazi” MCHJ rahbari So‘x tumanida 52 o‘rinli mehmonxona qurib bitkazgan. Jihozlashga kelganda mablag‘i tugab qolgan. Hukumat komissiyasi tomonidan ikki hafta muddatda So‘x tumanidagi MCHJga Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan mehmonxona faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun zarur mablag‘larni ajratish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. Shunga qaramasdan, korxonaga ajratilgan mablag‘ o‘tkazilmasdan kelingan.    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil yordamida Jamg‘arma tomonidan mehmonxona ta’minoti uchun mahsulot yetkazib beruvchilar hisob raqamlariga umumiy qiymati 600 million so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berildi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA