English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik qarzdorlik undirildi
10:58 / 2022-08-08

Bugun yirik qarzdorliklarni undirish qonunga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bu esa shubhasiz, undiruvchi tashkilotlar manfaatini himoya qilishga, ularning kelgusi faoliyatini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

Xuddi shunday yirik undiruvlardan biri “Orient Finans Bank” XATBning foydasiga amalga oshirildi. Undiruv qurilish korxonasiga tegishli Shayxontohur tumanida joylashgan ko‘chmas mulkka qaratildi.

Ijro harakatlarida ko‘chmas mulk tegishli tartibda xatlanib, kim oshdi savdolariga chiqarildi.

Garovdagi ob’ektni Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochilari o‘rganib, egalik huquqini olmasdan yashayotgan va ta’mirlash ishlarini olib borayotgan fuqarolarga tushuntirish berildi.

Olib borilgan ijro harakatlarida qarzdorlik to‘liq qoplandi. Ko‘chmas mulk tegishli tartibda «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» DUKga xat berilib, kim oshdi savdolari bekor qilindi.

Toshkent tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, bankka tegishli 566 838,54 yevro miqdordagi mablag‘ qarzdor korxonadan undirib berilgan.

M.Karimova, O‘zA