
Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida 2022 yil sarhisobi va joriy yil rejalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i Burxon Minasipov 2022 yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
UZKAD tizimida yerlarning hisobini yuritish bo‘yicha Sirdaryo viloyatining 427,6 ming gektar yer maydonidan 355,1 ming gektari hisobga olinib, 295,7 ming gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan “Davreyestr Pro-2” elektron dasturiga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 2022 yil davomida jami 25 ming 472 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan 18 ming 514 ta murojaatlar ijobiy hal etilgan.

Bundan tashqari, yig‘ilishda boshqarma bo‘lim boshliqlari hamda tuman shahar filial rahbarlarining hisobotlari tinglandi va 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi. Yig‘ilish so‘nggida boshqarma boshlig‘i tomonidan tuman shahar filial rahbarlarining muammo va takliflari tinglandi hamda mazkur ishlar yuzasidan tegishli bo‘lim boshliqlari, mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Sh. Suyarov, O‘zA muxbiri