English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer sotganlar ashyoviy dalillar bilan ushlandi
17:15 / 2023-01-16

Fuqaro A.S. fuqaro D.H.ning ishonchiga kirib, unga 60 million so‘mga Karmana tumani “Hazora” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 12 sotix yer maydoni olib berishini aytgan va shundan 50 million so‘mini olgan.

Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Navoiy shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar U.P. va I.Q. fuqaro D.A.ga “Pahlavon” mahallasi hududidan 16 sotix yer maydoni olib berish evaziga 50 million  so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro G‘.T. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga 30 sotix yer maydonini 30 million so‘mga sotgani aniqlangan.  

Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA