English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletikachilar musobaqaning Namangan viloyat bosqichida bellashdi
05:59 / 2023-05-31

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan “Barkamol avlod” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqaning Namangan viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 16-21, 22-26, 27-30 yoshli 100 ga yaqin ayol va erkak sportchilar qatnashdi.  

[gallery-12122]

Jamoaviy tarzda tashkil etilgan musobaqaning ayollar bahsi 4x100 metr masofaga, erkaklar bellashuvi 4X400 metr masofaga yugurish bo‘yicha estafeta shaklida o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasida Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on va Pop tumanlari jamoalari tegishli yosh doirasida g‘olib bo‘ldi. Erkaklar bahsida 16-21 yosh toifasida Kosonsoy tumani hamda 22-26, 27-30 yosh toifalarida poplik sportchilar g‘olib bo‘ldi.  

G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA