English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Turkiya va Suriyaga yordam beradi
15:35 / 2023-02-09

Yevropa Ittifoqi Turkiya va Suriyaga yordam berish uchun donorlik anjumani o‘tkazish rejasini ma’lum qildi.

Oliy darajadagi mazkur uchrashuv YeI davlatlari, qo‘shni mamlakatlar, BMT, xalqaro moliya institutlari vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘ladi, deb xabar berdi Yevropa Komissiyasi. Tadbirni mart oyida Bryusselda tashkil etish rejalashtirilgan. YeK a’zolari ushbu anjuman Turkiya va Suriya aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan mablag‘ safarbar qilinishiga yordam beradi, deya umid qilmoqda.

G. Abdullayeva tayyorladi. 

O‘zA