English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Rossiyani aylanib o‘tadigan yangi transport yo‘laklarini yaratish tarafdori ekanini ta’kidlamoqda
11:35 / 2022-11-21

Yevroittifoq Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorliklarni kengaytirish, jumladan, Rossiyani aylanib o‘tadigan yangi transport yo‘laklarini qurish tarafdori. Yakshanba kuni YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel shu haqda fikr bildirdi.

Uning aytishicha, Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda muhim o‘rin tutishda davom etmoqda. Shu bilan birga, mazkur mintaqa mamlakatlari savdo va tashqi siyosat munosabatlarini diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Bunda ular Yevropa ittifoqini eng maqbul hamkor sifatida ko‘rmoqda. YeI ham o‘z navbatida, “mazkur o‘zgarishlardan foydalanib qolish”ni istaydi.

"Biz mintaqa bilan aloqalarni chuqurlashtirishimiz, uning energetika va boshqa juda muhim bo‘lgan xomashyo mahsulotlarini yetkazib berishi hamda Rossiyaga qarab qolmagan yangi transport yo‘laklarini yaratish imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan ulkan salohiyatini ishga solishimiz kerak", – deb yozdi Yevropa diplomatiyasi rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Bu yerda gap Barrelning yaqinda Qozog‘istonga qilgan tashrifi chog‘ida muhokama qilingan Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini rivojlantirish ustida bormoqda.

Uning ta’kidlashicha, YeI Markaziy Osiyoning asosiy savdo va investitsiyaviy hamkorlaridan biri hisoblanadi. "O‘tgan o‘n yilda YeI mintaqaga 100 milliard yevrodan ortiq investitsiya kiritdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Rossiya va Xitoyni ancha ortda qoldiradi", – deya qo‘shimcha qilgan u.