
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan navoiylik bir guruh yosh ijodkorlarning she’rlaridan tarkib topgan “Yashadingiz Vatan ishqida” kitobi nashrdan chiqdi.
Shu munosabat bilan Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da mazkur kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbы” gazetalari tahririyati vakillari va boshqalar so‘zga chiqib, ushbu she’riy asarning badiiy-ijtimoiy qimmati, yoshlar ongu shuuri va dunyoqarashiga ta’siri haqida to‘xtalib o‘tdilar.
[gallery-10425]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA