English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya va BMT Xitoyning harbiy mashqlaridan jiddiy xavotirda
11:07 / 2022-08-08

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoshimasa Xayashi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Tomonlar Xitoy Tayvan hududi atrofida o‘tkazayotgan keng ko‘lamli raketa harbiy mashg‘ulotlaridan jiddiy xavotir bildirdi. Shuningdek, Yaponiya tashqi ishlar vazirligi rahbari va BMT Bosh kotibi Tayvan bilan bog‘liq vaziyatdagi keskinlik darajasini pasaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Xitoy 4 avgust kuni Tayvan atrofidagi oltita hududda keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlagandi. Manyovrlar 7 avgust kuni tugashi kerak edi, biroq XXR mudofaa vazirligi xabarida aytilishicha, ular kamida yana bir kun davom etadi.

Ushbu mashg‘ulotlar AQSH kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taypeyga tashrifi oqibatida boshlandi.

Ulug‘bek Mahmirzayev