
Tokio hali ham Kunashir, Xabomai, Shikotan va Iturup orollarining kimga tegishli ekaniga aniqlik kiritish uchun muzokaralar olib borish niyatida, deb bayonot berdi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida parlamentda soʻzga chiqib.
“Singapurda oliy darajada erishilgan kelishuv hamda undan keyingi bitimlarni hisobga olgan holda harakat qilamiz. Singapurda 1956-yilda imzolangan qoʻshma deklaratsiya asosida muzokaralarni tezlashtirish haqida soʻz borgan edi. Haqiqatan ham oʻshanda ikki orol boʻyicha ishlarni boshlash aytilgan edi, biroq hukumatning pozitsiyasi hozir toʻrt orolning ham kimga tegishli ekaniga aniqlik kiritishdan hamda tinchlik shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralarni ildamlashtirishdan iborat”, – dedi Kisida.
Yaponiyaning uqtirishicha, u Kuril tizmasidagi toʻrtta orolga daʼvo qilishga haqli, garchi Ikkinchi jahon urushi yakunlari boʻyicha ushbu orollar sobiq SSSR hududiga aylangan boʻlsada. Moskva esa oʻsha orollar ustidan Rossiya suvereniteti oʻrnatilgani va buni oʻzgartirib boʻlmasligini taʼkidlaydi.