English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanish jarayonlarida o‘qituvchilar faol
15:52 / 2023-03-19

O‘qituvchilar assotsiatsiyasi tomonidan Referendum oldi yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Unda Toshkent shahridagi 350 nafar maktab direktori, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalar ishtirok etdi.  

Tadbir doirasida ishtirokchilar so‘zga chiqib, bugungi kunda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, istiqboldagi rejalar hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar loyihasi haqida so‘z yuritdi.  

Ta’kidlanganidek, yurtimiz taraqqiyoti va ertangi istiqboli, xalqimiz turmush darajasini oshirish va faravonligini ta’minlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi Bosh qomusimizdagi o‘zgartirishlar yurtdoshlarimiz bilan bamaslahat amalga oshirildi.  

Unda ta’lim sohasi, xususan, fuqarolarning maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida tahsil olishi, o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir qator muhim huquqiy asoslar keltirib o‘tilgan.  

Ayniqsa, loyiha matnidagi maktab va maktabgacha ta’lim sohasiga oid 50- va 52-moddalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar muhim va dolzarbdir.  

Jumladan, davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi,  alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim va tarbiya bilan ta’minlanishi, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kabi dolzarb jihatlar tilga olingan.  

Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, bugungi ta’lim sifatini yuksaltirish borasidagi islohotlar xususida batafsil so‘z yuritildi.  

  N.Usmonova, O‘zA