English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi
12:36 / 2023-03-29

Ta’lim sohasini isloh qilish davlatimiz e’tiborida turgan dolzarb sohalardan biridir. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimini ham isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan bir qator qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Yangilanayotgan Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumi arafasida maktabgacha ta’lim tizimi vakillari mamlakatimiz aholisini konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.  

– 25 yildan buyon poytaxtimizdagi 250-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelaman, – deydi Dilnoza Ismoilova. – Yangi O‘zbekiston hayotida har bir sohada chuqur islohotlar olib borilmoqda. Bu maktabgacha ta’lim tizimida ham o‘z ahamiyatini ko‘rsatdi. 

Sohadagi islohotlarning barchasi mamlakatimizdagi har bir bolani maktab ta’limiga to‘laqonli tayyorlash, har bir tarbiyalanuvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda maktab ostonasiga to‘laqonli shaxs sifatida shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanishini chuqur his qilgan holda bo‘layotgan islohotlariga befarq emasman.  

 

Muhayyo Toshqorayeva yozib oldi,  

O‘zA