English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yangi O‘zbekiston" bog‘iga olib boruvchi yo‘l 1 oyga yopildi
15:20 / 2023-03-04

Yashnobod tumani hokimligi xabar berishicha, ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli joriy yilning 4 mart kuni soat 09:00 dan 4 aprel kuniga qadar, Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l qisman yopildi.

Xabarda transport vositalari harakati va Cho‘lpon ko‘chasiga kirish «Jarboshi» arkasining yangi qurilgan yo‘li orqali amalga oshirilishi qayd etilgan.  

 

O‘zA