“Yangi O‘zbekiston bog‘i” markazida yozgi amfiteatr quriladi

FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida ayni paytda amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri – Yangi Namangan shaharchasi tarkibiga kiruvchi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” markazida yozgi amfiteatr qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi.
[gallery-12858]
Ikki ming besh yuz o‘rinli amfiteatr uchun 13 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlari “Kelajak zamon sardori” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib boriladi.
Bundan tashqari Yangi Namangan shaharchasida 721 ta turar joy, umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, shifoxona barpo etilib, 200 mingdan ortiq aholi uchun zamonaviy infratuzilma yaratiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA