English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
16:31 / 2023-11-19

Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning 16 ta shahrida bir vaqtda tashkil etilgan sport tadbirida ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda yugurdi.

Poytaxtimizda o‘tgan ommaviy yugurish musobaqalarida g‘oliblar aniqlandi. Aniqrog‘i, 3 km masofaga ayollar o‘rtasida

Anastasiya Silchenkova,O‘g‘iloy Muzaffarova, Marjona Oqqo‘ziyeva shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, erkaklar orasida Hasan Mirsoatov Ahrorjon Mahmujadiyev va Shahram Abdurahmonov kuchli uchlikdan joy oldi.

10 km masofada esa Marina Xmelevskaya, Marjona Ahmadaliyeva hamda Alina Hakimova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Erkaklar orasida Nodirbek Mutalipov, Baxtiyor Ortiqov va Eldiyor Qodirov marraga birinchilardan bo‘lib yetib keldi.

Ommaviy yugurish g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA