English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas” havaskor va professional sportchilarni bir maydonga jamladi
15:17 / 2023-11-19

Farg‘ona viloyat hokimligi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida yoshlar, keksalar hamda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar qatnashdi.

Musobaqa ishtirokchilari Farg‘ona shahrining Ahmad Farg‘oniy ko‘chasidan Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyigacha bo‘lgan 3 kilometrli masofani bosib o‘tdilar. Viloyat teatr va konsert saroyi old sahnasida musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.  

Musobaqa yakuniga ko‘ra, havaskor sportchilar o‘rtasida Temurbek Abdulazizov, qizlardan Asal Karimova 1-o‘rinni egalladi. Professional sportchilar o‘rtasida 1-o‘ringa Ruxshod Ma’murov, qizlar orasidan Sabohat Samijonova munosib ko‘rildi. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida Hasanboy Zokirov, qizlardan Muxlisa Mahmudova g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Xudoyberdi Abdushukurov musobaqaning eng yosh ishtirokchisi, Hasanboy Alifshayev esa musobaqaning eng yoshi ulug‘ ishtirokchisi deb topildi.  

[gallery-14681]

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA