English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana bir «Yangi O‘zbekiston bog‘i» barpo etiladi
11:05 / 2022-08-08

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahar hududida «Yangi O‘zbekiston bog‘i» qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Nurafshon shahar «Yangiobod» MFY «Nurafshon biznes city» hududidagi 22,28 gektar yer maydoni «Yangi O‘zbekiston bog‘i» qurilishi uchun bosh rejaga asosan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

Buyurtmachi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» DUKga Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun litsenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi.

Shuningdek, unga mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olish vazifalari yuklatilgan.

Qaror bilan viloyat qurilish bosh boshqarmasiga qurilish loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga amaliy yordam berish vazifasi yuklatilgan.



O‘zA