English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotira abadiy va qadr muqaddas
21:06 / 2023-05-09

Bugun «Uzbekistan Airways» va «Uzbekistan Airports» aksiyadorlik jamiyatlari, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, «O‘zaeronavigatsiya» markazi, Toshkent aviatsiya-transport prokuraturasi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi faxriylari ishtirokida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruvi raisi Shuhrat Xudaykulov 9 may – Xotira va Qadrlash kuni mamlakatimiz, ayniqsa, yosh avlod uchun juda muhim bayram tadbiri ekanini ta’kidladi.  

—  Aynan shu kuni har birimiz tinchlik va barqarorlik qanchalik muhimligini yana bir bor amin bo‘lamiz, – deydi «Uzbekistan Airways» raisi Shuhrat Xudaykulov. — Minglab yurtdoshlarimiz, jumladan, aviatorlar ham Vatanimiz tinchligi va farovonligi uchun kurashganlar. Faxriylarni eslaganimizda, ular avvalo, bizning yurtdoshlarimiz, bobolarimiz, ustozlarimiz ekanligini unutmasligimiz kerak. Va biz ulardan hali juda ko‘p narsa o‘rganishimiz kerak. Biz mamlakatimiz farovonligi uchun kurashgan har bir insonni yodimizda saqlaymiz va ushbu tinchlik va barqarorlik uchun minnatdormiz.

Bu dunyoda bitta buyuk, o‘zgarmas haqiqat bor: kelajak avlodlarning erkinligi, tinchligi va baxti uchun mardlik va jasorat ko‘rsatganlar xalq xotirasida abadiy qoladi. Urush va mehnat fronti faxriylarini e’zozlash, ularning xotirasini abadiylashtirishni biz har doim o‘zimizning muqaddas burchimiz deb hisoblaymiz.

Bugun biz faxriylarimiz va qahramonlarimizga chuqur hurmat ko‘rsatamiz. Jang maydonlaridan ortga qaytish nasib etmagan va o‘z hayotini ayamay, front ortida mehnat qilganlar xotirasi oldida bosh egamiz. Ularning nomi qalbimizda abadiy qoladi.

Xotira va qadrlash kunining ma’naviy, axloqiy ahamiyati doimo buyuk bo‘lib qoladi va unga bo‘lgan munosabatimiz muqaddasdir. Bu bizning xotiramiz va g‘ururimiz, mamlakatimiz tarixi, har bir oila tarixi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Xotira monumentiga gullar qo‘yishdi.

O‘zA