English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm bog‘chalarida mog‘orlangan yeguliklar berilyaptimi? (+video)
19:41 / 2023-01-20

Bog‘chada aniqlangan mahsulotlar bolalarni zararlamasligiga kafolat yo‘q.

O‘z farzandlariga bunday mahsulotni iste’mol qilishini istamagan mutasaddilar, bog‘cha bolalariga iste’molga yaroqsiz mahsulotlar berib kelmoqdami? 

bugungi kunda fuqarolarning muammo va tashvishlarini o‘rganish, yechim topish maqsadida Respublika ishchi guruhi yurtimiz bo‘ylab hududlardagi asl holatni o‘rganmoqda.  

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash yurtimizda alohida e’tibor qaratilayotgan yo‘nalish hisoblanadi. "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tegishli tuman (shahar) hokimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari mudirlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari mas’ul hisoblanadi.  

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari jarayonida duch kelgan bir holat lavhasi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qator bog‘chalarning og‘ir ahvolda qolayotgani, bolalarni ovqatlantirish jarayoni o‘ta ayanchli holda ekani ko‘rsatilgan.

Bog‘cha oshxonasi butunlay talabga javob bermaydi. Saqlanayotgan oziq-ovqatlarning iste’mol muddati o‘tib ketgan.  

Holatni o‘rganayotgan vakillar bog‘cha vakillariga muddati o‘tib ketgan, holati buzilgan mahsulotlarni ko‘rsatar ekan, haqli va bir achchiq savolni beradi: «Shunday mahsulotni o‘z farzandingizga yedirgan bo‘larmidingiz?»  

Bog‘cha mas’uliga berilgan savol javobsiz qolgach, unga bir so‘z aytiladi: «Bu yog‘i vijdoningizga havola».  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/w7jhEL9uVps" title="Xorazm bog‘chalarida mog‘orlangan yeguliklar berilyaptimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Darhaqiqat, vijdonan yondashilganida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lar edi.  

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi oyma-oy tahlil qilib borilishi belgilangan.  

Shuningdek, MTMlarda autsorsing xizmati yo‘lga qo‘yildi. Tizimning afzalligi MTTlarni arzon narxlarda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida ovqatlantirishdan iboratdir.  

Zero, mutaxassislarning ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jisman va ma’nan uyg‘unlikda kamolga yetishi ko‘p jihatdan to‘g‘ri, to‘yimli, sifatli va xilma-xil ovqatlanishga bog‘liq.  

Ammo lavhada bog‘cha oshxonasi xodimalari tarbiyalanuvchilarga faqat tovuq go‘shtidan ovqat qilinishi, yaqin orada mol va qo‘y go‘shtlaridan taom tayyorlanmaganini aytib o‘tadi.  

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: imtiyoz va imkoniyatlar sifatida tashkil etilgan autsorsing tizimi bu bog‘chaga yetib kelmaganmi? Kelgan bo‘lsa, shu darajada nochor yo‘lga qo‘yilganmi? Agar tizimda biror kamchiliklar bo‘lsa, uni takomillashtirish zarurati tug‘ilgandir.  

Nima bo‘lganda ham, Xorazm viloyati MTTlaridagi bu holatlar yuzasidan mas’ullardan munosabat va amaliy yondashuv kutib qolamiz.  

Biz esa mavzuga yana qaytamiz.  

O‘zA