English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini boshlash uchun Xitoydan 80 nafar mutaxassis Qirg‘izistonga yetib keldi
10:40 / 2022-08-08

Qirg‘izistonga Xitoydan 80 nafar mutaxassis yetib keldi, Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishining texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorgarlik boshlandi, deb xabar berdi Qirg‘iziston Respublikasi transport va aloqalar vazirligi.

Kuni kecha vazirlik rahbari Erkinbek Osoyev Xitoy temiryo‘l qurilishi korporatsiyasining birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Xitoylik katta muhandis, ushbu guruhning rahbari Geng Jun bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar temiryo‘l qurilishi sohasida ishlarni yanada jadallashtirish kerakligini alohida ta’kidlashgan. Xususan, hozirda tomonlar Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘lini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihani hayotga joriy qilish uchun faol ishlar olib bormoqda.

«Temiryo‘l qurilishining texnik iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha allaqachon shartlashib olingan. Qirg‘iziston rahbariyati loyihani imkon qadar tezroq amalga oshirishga harakat qilmoqda, shu bois Transport va aloqalar vazirligining barcha sa’y-harakatlari tezroq loyihaning texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga qaratilgan», - deyiladi xabarda.