
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyat prokuraturasi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida xayrli tadbir o‘tkazildi.
280 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqaro ishtirok etgan tadbirda 145 nafar kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 112 nafariga ambulator, 33 nafariga statsionar muolajalar belgilandi. Shuningdek, 20 nafar kishiga nogironlik guruhi belgilandi. O‘nga yaqin kishiga maxsus aravacha, eshitish moslamasi va reabilitatsiya markaziga yo‘llanma berildi.
[gallery-9888]
– Tadbir doirasida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 17 nafar talabgor doimiy ishga joylashtirildi. Bundan tashqari 30 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs “Kitobxonlar maydoni” intellektual o‘yinida ishtirok etib, o‘zlarining kitobxonlik qobiliyatlarini namoyish etdi. Bundan keng ko‘lamli tadbirlar viloyatimizning barcha tuman-shaharlarida davom etmoqda, – deydi Farg‘ona viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Anvar Pattiyev.
Sportning para yengil atletika, para shashka, para taekvondo va para dzyudo turlari bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda 140 nafar (shundan qizlar 88 nafar) nogironligi bo‘lgan shaxs faol ishtirok etdi. Ularning 24 nafari paralimpiya sport turlari bo‘yicha professional sportga jalb etildi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari va sport anjomlari topshirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA