English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xanchjou-2022”: Laylo Sobirova ham Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi
17:02 / 2023-10-05

Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Laylo Sobirova Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.

Laylo 57 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Mansi ustidan zafar quchdi.  

Eslatib o‘tamiz, bugungi sport kurashlari dasturida delegatsiyamizga Rustam Assakalov, Aktenge Keunimjayeva hamda Laylo Sobirova bronza medalini keltirdi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA