English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro valyuta jamg‘armasi: "global va mintaqaviy muammolarga qaramay, 2022 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’ati kuchli bo‘ldi"
10:42 / 2022-11-18

Xalqaro valyuta jamg‘armasining missiyasi O‘zbekistonga navbatdagi tashrifi yakunlari bo‘yicha xulosalarini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, global va mintaqaviy muammolarga qaramay, 2022 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’ati kuchli bo‘lgani, biroq inflyatsiya tezlashgani qayd etilgan.

Inflyatsiya darajasini pasaytirish va fiskal barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha oqilona siyosat olib borilgan. Shuningdek, keyingi tarkibiy islohotlar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi.

Shuningdek, inflyatsiya darajasini pasaytirish va fiskal barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha oqilona siyosat, keyingi tarkibiy islohotlar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi va barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashi aytilgan.

Dunyoda yuzaga kelgan global muammolar, jahon narxlari bosimi va moliya bozorlaridagi keskinlashuv sharoitlariga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyoti joriy yilda kuchli o‘sishda davom etdi. Yil boshida kutilganidan farqli o‘laroq, pul o‘tkazmalari, jumladan, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari ikki baravardan ko‘proq oshdi, bu esa fiskal qo‘llab-quvvatlashning davom etishi,  mustahkam savdo bilan birgalikda O‘zbekistonda iqtisodiy faollik va o‘sishni qo‘llab-quvvatladi. Tahlillarga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 foizga o‘sadi.

Inflyatsiya ko‘tarildi va kengroq asosga ega bo‘lib, global narxlar, ayniqsa oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishini aks ettiradi.

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlar tufayli 2022 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 12 foiz atrofida saqlanishi kutilmoqda. 2023 yilda global iqtisodiy o‘sish sekinlashishi prognoz qilinmoqda. Ammo, shunga qaramay, inflyatsiya yanada barqaror bo‘lishi mumkin. Natijada, nisbatan kuchli ichki talabning kutilayotgan davom etishiga qaramay, 2023 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish biroz pasayib, 5 foizdan sal kam bo‘lishi hamda inflyatsiya darajasi yuqoriligicha qolishi kutilmoqda.

Fiskal siyosat inflyatsiya darajasini pasaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak. 2022 yilda fiskal konsolidatsiya sur’ati sekinlashdi, bu esa ijtimoiy yordam miqdorini ikki barobardan ko‘proqqa oshirdi. Shunday qilib, 2022 yilda byudjet taqchilligi YAIMning 4 foizini tashkil qilishi kutilmoqda.

Rasmiylar haqli ravishda defitsitni 2023 yilda YAIMning 3 foizigacha kamaytirishni maqsad qilgan, bu ham fiskal barqarorlikka ishonchni kuchaytirishi kerak. Tarkibiy xarajatlar va soliqlarni qisqartirish istagini hisobga olgan holda, defitsitni kamaytirish qiyin bo‘lishi mumkin. Fiskal siyosat eng zaif qatlamlarni maqsadli qo‘llab-quvvatlash orqali himoya qilishni davom ettirishi kerak. Ammo QQSni pasaytirish va oltin narxini pasaytirishdan keladigan daromadlar uchun xavflarni hisobga olgan holda, boshqa xarajatlarni yanada qisqartirish kerak bo‘ladi.

Imtiyozlarni bartaraf etish va soliqqa rioya qilishni yaxshilash orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak. Bundan tashqari, davlat investitsiyalarini boshqarish, shuningdek, fiskal risklarni boshqarish, davlat-xususiy sheriklik uchun qat’iy qoidalar va chegaralarni belgilash orqali yanada takomillashtirish uchun imkoniyatlar mavjud.

Imtiyozlarni bartaraf etish va soliqqa rioya qilishni yaxshilash orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak. Bundan tashqari, davlat investitsiyalarini boshqarish, shuningdek, fiskal risklarni boshqarish, davlat-xususiy sheriklik uchun qat’iy qoidalar va chegaralarni belgilash orqali yanada takomillashtirish uchun imkoniyatlar mavjud.

Salbiy omillarga qaramay, hukumat o‘sish sur’atlarini oshirishda xususiy sektor yetakchilik qilishini ta’minlash uchun bozorga asoslangan tarkibiy islohotlarni davom ettirmoqda. Bu, so‘nggi yillarda erishilgan ajoyib yutuq. Buni hisobga olgan holda, davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirishga va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga olib keladi. Shuningdek, yangi xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun buni shaffof va raqobatbardosh jarayonlar orqali amalga oshirishga yordam beradi.

Shu bilan birga, davlat korxonalari va davlat banklarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va shaffoflikni ta’minlash muhim o‘rinda bo‘lishi kerak.

Davlat korxonalari va davlat banklarini xususiylashtirishni davom ettirish, raqobatni kuchaytirish va biznes uchun teng sharoit yaratish, davlat xizmatlarini, shu jumladan, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini raqamlashtirishni kengaytirish, faktor bozorlari, xususan, mehnat bozori, yer, energiya, suv va moliya bozorlari faoliyatini takomillashtirish, ularning mahsuldorligini oshirish, savdo integratsiyasi va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash kerak.

Bir so‘z bilan aytganda, rasmiylar oqilona makroiqtisodiy siyosat va islohotlarni davom ettirishi bilan kelgusi yillarda kuchli o‘sish davom etishi kutilmoqda. Bu hukumatga 2030 yilga borib O‘zbekistonni o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatga aylantirish maqsadiga erishish imkonini beradi.

 

 

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA