English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni ikki baravar ko‘payadi
16:02 / 2023-03-15

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov sohaga tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan 171 ta tumandagi 1 ming 191 ta korxonaning 85 turdagi mahsulotlarini dunyoning 43 ta mamlakatiga eksport qilinishida amaliy yordam ko‘rsatildi. 1 ming 200 ta korxonada xalqaro sifat menejment tizimlari joriy etilgan va sertifikatlashtirilgan.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining GSP+ imtiyozlari doirasida taqdim etilgan 6 ming 200 turdagi mahsulotlar tarmoqlar kesimida shakllantirilgan va tahlil qilingan. 2022 yil davomida 427 ta korxona tomonidan 472 ta mahsulot GSP+ doirasida eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida hududlardagi jami GSP+ doirasida 536 ta eksportyor korxona tomonidan 569 turdagi mahsulot Yevropa davlatlariga eksport qilinishiga erishildi.

Joriy yilda Namangan viloyatidagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida 5 ta yo‘nalishda yangi laboratoriya qurish ishlari o‘z nihoyasiga yetkazilmoqda. 2023 yil 2-chorakda bu jarayon o‘z nihoyasiga yetkaziladi. Koreya texnologiya va standartlashtirish agentligining 2,3 million  dollar granti asosida Havo konditsioneri mahsulotining energiya samaradorligini baholash bo‘yicha laboratoriya tashkil etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilib, amaliy ishlar olib boriladi.  

Yevropa Ittifoqining umumiy imtiyozlar tizimi GSP+ doirasida eksport qilinadigan mahsulotlar sonini 600 taga yetkazish choralari ko‘riladi. Bunda GSP+ doirasida xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni 2 baravar oshirilib, 1 ming 200 tadan 2  ming 400 taga yetkazish choralari ko‘riladi.    

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA