English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi Zomin mediaforumi yakunlandi
17:46 / 2022-11-23

FOTOREPORTAJ

Avval xabar qilinganidek, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “NKMK” sanatoriysida 19-23 noyabr kunlari “Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida mediaforum bo‘lib o‘tdi.  

Navoiy kon-metallurgiya kombinati va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida ikkinchi marotaba tashkil etilgan mazkur forumda asosan mahalliy yosh jurnalistlar va blogerlar qatnashdi. Shuningdek, mazkur tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Tojikistoning “Jumhuriyat” gazetasi, Buyuk Britaniyaning “Reyter”, Eronning “Farsnyus”, Ozarbayjonning “Azertaj”, Qirg‘izistonning “Kabar” axborot agentliklari, Turkiyaning “TRT” telekanali vakillari ham ishtirok etdi.  

Forumning ilk kunida ishtirokchilar Samarqand viloyati “Zarmitan” oltin konidagi jarayonlar bilan tanishgan bo‘lsa, keyingi tadbirlar  Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “NKMK” sanatoriysida davom etdi. Forum doirasida mashg‘ulotlar asosan xalqaro jurnalistlar tomonidan “Tadbirni onlayn yoritishning o‘ziga xos xususiyatlari”,  “Yangiliklar xalqaro axborot agentliklarida qanday tamoyil asosida yoritiladi?” kabi mavzularda o‘tkazildi.  

[gallery-9704]

–Har bir axborot beruvchi avvalo o‘z auditoriyasini aniq belgilab olishi va materiallarni tayyorlashda ana shu  mezondan kelib chiqishi kerak, - deydi “Reyter” axborot agentligi (Buyuk Britaniya) muxbiri Muhammadsharif Mamatqulov. –Ayni vaqtda O‘zbekiston matbuotidagi materiallarni kuzatib, aksariyat maqolalarning sarlavhasi o‘quvchini qiziqtirish uchun bo‘rttirib ko‘rsatilayotganiga guvoh bo‘ldim. Bu o‘quvchini aldash, hiyonat sanaladi. Umuman olganda jurnalistik materiallar tayyorlashda butun dunyoda qabul qilingan qoida – ikki qarama-qarshi taraf va bitta ekspert fikrini taqdim qilish va eng asosiy fikrni sarlavhaga olib chiqish lozim.  

Mediaforum doirasidagi tadbirlar respublika OAVlari  bilan birga Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlar televideniyelari va axborot agentliklarida onlayn yoritib borildi.  

Tadbir yosh jurnalistlarning bilim va mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA