English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Viktor Orban Vengriyaga jo‘nab ketdi
16:52 / 2022-11-11

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham Samarqandga tashrifini yakunladi.

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

[gallery-9525]

Registon maydonida Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar Davlat rahbarlari ishtirokida «Yashil makon» loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda davlatimiz rahbari Vengriya hukumatining shaharlarni qo‘shimcha ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borayotgan yirik dasturini chin dildan olqishlashini alohida ta’kidladi.

I.AVVALBOEV, A.ABDULLAEV, J.NORQOBILOV (foto), O‘zA