English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir maktab qurilishi bilan tanishdi...
10:30 / 2022-08-08

Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi bir qator maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishib chiqdi.

Openbudget.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatida 83 ta maktablar 15.3 milliard so‘mlik mablag‘lar yutgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 86 ta maktablarga 34.6 milliard so‘mlik natijani tashkil etgan va ayni damda ushbu maktablarning barchasida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatida investitsiya dasturiga ko‘ra, 8 ta, «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturiga asosan 29 ta maktablar kiritilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar Toshkent viloyatida investitsiya dasturida 37 tani, «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturida 17 tani tashkil etib, bugungi kunda ushbu maktablarining barchasida qurilish ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

O‘zA