English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir Bo‘ka tumanida bo‘ldi
13:30 / 2023-08-07

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Bo‘ka tumanida bo‘lib, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida “Ezgulik” MFY da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov va sektor rahbarlari bilan birgalikda ko‘chalarni obodonlashtirish, aholi xonadonlarini har tomonlama namunali holatga keltirish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni tez va sifatli bajarilishini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mahallada faoliyat yuritib kelayotgan beshlik tomonidan bajarilayotgan ishlar, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan va tadbirkorlik faoliyatida ko‘maklashish ham sarhisob qilindi. Joriy yilning 26-iyul kunidan boshlab tashkil qilinayotgan mazkur obodonlashtirish ishlarida har bir ko‘cha va qabristonlarni tozalash, ta’mirtalab yo‘llarni, ariqlarni tozalash va obodonlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan keksa fuqarolarning xonadonlari tartibga keltirilmoqda.  

Masalan, “Qorasuv” ko‘chasida yashovchi aholi bu ishlardan mamnun. Viloyat va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari, xotin-qizlar faollari, ko‘cha-boshilar va mahalla aholisi ishtirokida aholi o‘rtasida xonadonlar obodligi va xonadon gigiyenasi, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash, yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish, eski yog‘och ustunlarni temir-beton ustunlarga almashtirish va tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Hududiy Suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan transheya qazish, tarmoq tortish va montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Reja bo‘yicha mahallada yashovchi 2 ming 323 nafar aholidan 44,7 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Hududda amaliy ishlar davom etmoqda.

A.Musayev,O‘zA.