English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasi O‘zbekistonga nima beradi
10:41 / 2022-12-29

Buxoro viloyati Xalq deputatlari viloyat Kengashining 71-sessiyasida jahon banki kredit mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasi konsepsiyasini kelishish masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitilib, Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Xo‘sh mazkur loyihaning afzalliklari nimada?  U O‘zbekiston uchun nima beradi? Shu kabi savollarga javob olish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alijon Yaxshiyevga murojaat qildik.  

 – Prezidentimizning 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Jahon bankining kredit mablag‘larini jalb qilgan holda “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasini amalga oshirish uchun 50 million AQSH dollari miqdorida kredit jalb etiladi,  – deydi boshqarma boshlig‘i Alijon Yaxshiyev.  – Mazkur mablag‘ O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va hududlarda BPO (biznes jarayonini boshqarish autsorsingi) va KPO (bilimlarni boshqarish autsorsingi)larni rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda yoshlar, ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish hamda xizmatlar eksportini oshirishga yo‘naltiriladi.  

Ushbu loyiha O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat hududlarida BPO (Biznes jarayonini boshqarish autsorsingi) va KPO (bilimlarni boshqarish autsorsingi) bozorlarida yoshlar, ayollar, nogironlar uchun yuqori sifatli ish o‘rinlarini yaratish uchun uzoq muddatli dasturiy yondashuv uchun taklif qilingan raqamli ko‘nikmalarni takomillashtirish, BPO markazlari uchun infratuzilmani rivojlantirish va BPO jahon bozorida O‘zbekistonning jozibadorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.  

Loyiha doirasida viloyatlarda shuningdek, Buxoro viloyatida ham Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxonalar binolari rekonstruksiya qilinadi. Yangi binolar quriladi. Ularda BPO va KPO markazlarini tashkil etish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratiladi. Xalqaro BPO va KPO kompaniyalari jalb etiladi.  

Loyiha yoshlar, ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va BPO sohasida me’yoriy-huquqiy tartibni takomillashtiradi. BPO kompaniyalari uchun hududlar kesimida tashqi iqtisodiy faoliyat darajasini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish uchun rag‘batlantirish mexanizmalari ishlab chiqiladi. Loyiha doirasida hududlarda BPO markazlari rekonstruksiya qilinadi.  

Loyihani amalga oshirish jarayonida dasturiy axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan chet tillari, kompyuter savodxonligi va muloqot qobiliyatlari o‘rganiladi. Autsorsing xizmatlari bozorlariga xususiy investitsiyalar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun institutsional, huquqiy va me’yoriy-huquqiy baza takomillashtiriladi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot uchun huquqiy va me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish uchun yanada kengroq qo‘llab-quvatlash, bunda inklyuzivlikka alohida e’tibor qaratish va ma’lumotlarni boshqarish, intellektual mulkni himoya qilish, kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lumotlarni himoya qilish, kiberxavfsizlik uchun zamonaviy vositalar va kafolatlar berishga alohida e’tibor qaratiladi. Kasbiy tayyorgarlik, jihozlar va ekspluatatsiya xarajatlarini tashkil etish maqsadida VRO kompaniyalari uchun moliyaviy rag‘batlantirish dasturi ishlab chiqiladi. Bu jahon VRO kompaniyalarining O‘zbekistonga qiziqishini oshiradi. O‘z navbatida ularni mamlakatimizda faoliyat olib borishga undaydi.  

Viloyatda raqamli eksport hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish o‘sadi. Ishsiz yoshlar, ayollar va nogironlarga alohida e’tibor qaratgan holda yangi yuqori sifatli ish o‘rinlari yaratiladi.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA