English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning uyi davlat tasarrufiga qaytarildi
10:42 / 2023-07-19

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan noyob tarixiy bino – jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning uyi davlat tasarrufiga qaytarildi.

Madaniy meros agentligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 150 yillik ushbu inshoot ko‘rkam Buxoro me’morchiligining mukammal saqlanib qolgan noyob namunasidir. 

Uy nafaqat unda mashhur jadid vakili yashagani, balki aynan shu yerda ilk yangi usul maktablaridan biri ochilgani, unda turli fanlar bepul o‘qitilgani bilan ham mashhurdir. Oxirgi vaqtlarda u xususiy mukl hisoblanib, mehmonxonaga aylantirilgan edi. 

Endi uyda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan muzey tashkil etiladi. Unda nafaqat ekspozitsiya joylashtirilishi, balki ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun ham sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan. 

Muhayyo Toshqorayeva, 

O‘zA