English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urush tufayli Ukrainaga yetkazilgan zarar 700 milliard dollardan oshdi
14:38 / 2023-01-04

“Anadolo‘” xabariga ko‘ra, 2023 yil boshida Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi oqibatida yetkazilgan yo‘qotishlar allaqachon 700 milliard dollardan oshgan. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi.

“Mamlakatdagi infratuzilmaga qilingan so‘nggi hujumlarni hisobga olsak, bugungi kunda bu miqdor 700 milliard dollardan oshadi”, dedi Shmigal hukumat yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyi boshida bu ko‘rsatkich 350 milliard dollar zararni tashkil qilgan.

Shmigalning ta’kidlashicha, mamlakat hukumati Jahon banki bilan birgalikda Ukrainaning tez tiklanish uchun ehtiyojlarini yana bir tekshirishni rejalashtirmoqda.

 

O‘zA