Urgut tumanida ipakchilik tarmog‘idagi yana bir yangi klaster ish faoliyatini boshladi

Samarqand viloyati Urgut tumanida mamlakatimiz ipakchilik tarmog‘idagi yana bir yangi klaster ish faoliyatini boshladi.

Qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha yiliga 10 mingdan ortiq aholini doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlaydi. Bu – davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil topgan «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi faoliyati davomidagi 75-pillani qayta ishlash korxonasi hisoblanadi.

Korxona ochilishida Ipakchilik va Jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruv raisi B.Sharipov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda ipakchilik korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zA