English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina urushidan qaysi davlat yutishi ma’lum qilindi
12:09 / 2023-01-04

Dunyoda Ukraina urushidan o‘ziga foyda oladigan faqat bir davlat bor, degan fikrni ilgari surdi iqtisodchi Mark Tuatti BFM TV telekanali efiriga chiqish qilganida.

"Hindiston Ukraina mojarosidan o‘ziga foyda oldi, chunki ruslar endi neftini Hindistonga sotyapti, avval bunday bo‘lmagandi. Hindiston Rossiya neftini qayta ishlaydi va boshqa mamlakatlarga, jumladan, Yevropaga sotadi", - deydi  ekspert. 

Uning ta’kidlashicha, "Hindiston, shuningdek, Xitoy tushib qolgan “ko‘ngilsizliklardan” ham o‘ziga foydalandi, chunki undan bozorning bir qismini tortib oldi”.

"Xullas, kirib kelayotgan  2023 yil murakkab kechadi, chunki butun dunyoni retsessiya qamrab oladi", deydi Tuatti.  

Bundan avvalroq rossiyalik iqtisod fanlari doktori Vladimir Milovidov 2023 yilda muhim tahdidlar ro‘yxatida retsessiya, inflyatsiyaning tezlashuvi hamda Xitoy iqtisodiyotining sekinlashishi yetakchilik qiladi, degan edi.  

Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya uchun eng asosiy tahdidlar qatoriga yuqorida aytib o‘tilgan muammolardan tashqari,  import bilan bog‘liq qiyinchiliklar, eksportdan olinadigan daromadlarning pasayishi ham kiradi.

Qolaversa, rossiyalik ekspertning ta’kidlashicha,  mamlakatning texnologik suverenitetini ta’minlash zarur.

Bundan tashqari, davlat tashqi karaxtlarga moslashishi qobiliyatini saqlab qolishi kerak, deya keltiradi uning so‘zlarini RIA Novosti.