Ukraina milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi prezident saylandi

Qilichbozlik bo‘yicha Olimpiya chempioni bo‘lgan 51 yoshli Vadim Gutsayt Ukraina milliy olimpiya qo‘mitasi prezidentligi saylovida yunon-rum kurashi bo‘yicha "Tokio – 2020" Olimpiadasi g‘olibi va siyosatchi Jan Belenyuk hamda Kiyevdagi maxsus jangovar tayyorgarlik va reabilitatsiya universiteti direktori Igor Malinskiyni ortda qoldirdi.
Ushbu lavozimga da’vogar yagona ayol nomzod, biatlon bo‘yicha Olimpiya chempioni Yelena Bilosyuk Jan Belenyukni qo‘llab-quvvatlash maqsadida da’vogarlikdan voz kechdi.
Qizg‘in o‘tgan saylovda Vadim Gutsayt 123 ovoz olib, Ukraina milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarligini egalladi.
Belenyuk 22 foiz, Malinskiy esa 15 foiz ovozga ega bo‘ldi.
Saylovlar jarayonida shuningdek, Aleksey Perevezinsev birinchi vitse-prezident, "Milan" va "Chelsi" futbol jamoalarining sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko, Kiyevdagi Olimpiya o‘quv-ilmiy instituti direktori Mariya Bulatova va Aleksey Dneprov vitse-prezident etib saylandi, deya xabar bermoqda Ukraina milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
T. RO‘ZIEV,
O‘zA