English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch ming nafar sportchini jamlagan musobaqa boshlandi
15:23 / 2022-11-26

Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha boshlangan O‘zbekiston kubogi bahslari 3 ming nafarga yaqin sportchini jamladi.

Musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning iste’dodli taekvondochilari uch kun davomida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.  

Bayramona ruxda tashkil etilgan ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasi (WASCO) prezidenti, professor Jianni Saritsu O‘zbekistonda bugungi kunda nafaqat mahoratli sportchilarni tayyorlash, balki nufuzli xalqaro musobaqalarni yuksak darajada tashkil etish borasida keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilganligini bildirib, 2023 yili Toshkentda Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasi shafe’ligida Jahon chempionatini o‘tkazishga qaror qabul qilinganini ta’kidladi.  

Bahslar boshlanishi oldidan mamlakatimizda sportning, xususan taekvondoning rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh mutaxassislar hamda 2022 yilgi sport mavsumida eng yaxshi natijaga erishganlar taqdirlandi.  

Toshkent viloyati – eng yaxshi taekvondo federatsiyasi, tajribali mutaxassis Rustam To‘ychiyev – eng yaxshi hakam, Yevgeniy Kim – eng yaxshi sportchi, Bahodir Xolbekov – eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etildi.  

Bellashuvlarda sportchilar shaxsiy va jamoaviy bahslarda o‘z mahoratlarini namoyish etadi.  

Musobaqa 27 noyabrga qadar davom etadi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA