English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada prezidentlik saylovlari ertaroq sanaga ko‘chirilishi mumkin
09:39 / 2023-01-05

Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda 18 iyunga belgilangan prezidentlik va parlament saylovlari to‘g‘risidagi jurnalistlarning savollariga javob qaytara turib, “Men bu haqda hali gapirmadim”, dedi. “Anadolu” agentligi Prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

“Suv bir joyda turmaganidek, jamiyatimizda muhokama qilinayotgan har bir amaliy taklif bizning nazarimizdan qochmaydi”, dedi Erdog‘an.

Turkiya jamoatchiligi so‘nggi kunlarda saylovlarning 30 aprel yoki 7 - 14 mayga ko‘chirish to‘g‘risida mish-mishlarni muhokama qilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.  

Mamlakatning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Omer Chelik 2 yanvar kuni saylovlarning muddati o‘zgarishi mumkinligi haqida gapirgan edi.  

 

O‘zA