English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya harbiy vertolyoti Iroqda halokatga uchragani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
11:58 / 2023-03-16

Turkiya milliy mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlariga qarashli vertolyot Iroq shimolida halokatga uchragani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi, deb xabar tarqatdi Anadolu agentligi.

Avvalroq Iroqning  Shafaq agentligi mahalliy xavfsizlik organlariga tayanib Turkiyaning harbiy vertolyoti Iroq shimolidagi Daxuk provinsiyasida qulab tushgani haqida yozgan edi. Xabarda vertolyot bortida olti kishi bo‘lgani, ularning barchasi halok bo‘lgani aytilgan.  

“Milliy mudofaa vazirligidagi manbalarning ma’lum qilishicha, ushbu xabar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va bu hududda Turkiya qurolli kuchlarining hech qanday vertolyoti parvozni amalga oshirmagan”, – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.