Tug‘uruq majmuasidagi onalar ham ovoz berdi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tug‘uruq bo‘limida ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Ertalabgi soat 8:00 dan buyon davom etayotgan bugungi referendum saylovlarida kuni kecha onalik baxtiga musharraf bo‘lgan fuqarolar ishtiroki ham ta’minlandi.




Kitob tumanidagi 483-referendum uchastkasi komissiyasi a’zolari hamda kuzatuvchilar hamrohligida tug‘uruq bo‘limiga sayyor qutilar olib borildi. Ular tug‘uruq bo‘limida turib, fuqarolik burchini ado etdi.
O‘lmas Barotov,
O‘zA.