English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentga 190 dona katta sig‘imli yangi avtobus keltiriladi
15:02 / 2022-09-29

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot kotibi Muslima Obidovaning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtga “TRUCK AND BUS TRADE GROUP” MCHJ tomonidan yil yakuniga qadar 190 dona MAN A22 CNG rusumli katta sig‘imli va yangi avtobuslar keltiriladi.

Bu rusumdagi avtobuslar 30 ta o‘tirish, 60 ta turish o‘rniga mo‘ljallangan va konditsionerlar bilan jihozlangan. Avtobuslar siqilgan tabiiy gazda ishlaydi va bu toza havoni asrash uchun juda muhim. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ularning qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ehtimol, ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli ISUZUlarning o‘rnini egallaydi. 

Yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.  

"Yutong" rusumidagi 20 dona elektrobusdan iborat parkka joriy yilda yangi elektrobuslar qo‘shilmaydi, ular kelgusi yilda olib kelinishi ko‘zda tutilgan. 

O‘zA